TOSHKЕNT  TIBBIYOT AKADЕMIYASI NORMAL VA  PATOLOGIK FIZIOLOGIYA KAFЕDRASI TARIXI

ToshDavMI patofiziologiya kafedrasi 1921 yilda tashkil etilgan. Uning birinchi raxbari bo‘lib, mashxur olim A.B.Foxtning shogirdi Vasiliy Vasilevich Vasilevskiy bo‘lgan.  U 1921 – 1932 yillarda patologik anatomiya kafedrasiga xam raxbarlik qilganligi uchun ilmiy izlanish ishlari  patomorfologiyaga qaratilgan edi.  V.V.Vasilevskiy xodimlari tomonidan chop etilgan 7 ta ilmiy ishdan 5 tasi patofiziologiyaga ba­g‘ishlangan edi. V.V.Vasilevskiyning xodimlari Ye.V.Vasileva, S.F.Tatarinchik bo‘lib, keyinchalik Z.T.Tenyanova va Ye.T.Meyersonlar bo‘lgan.

1932 yildan 1938 yilgacha kafedraga I.T.Mordershteyin raxbarlik qilgan. Talabalarga dasr o‘tish va ilmy izlanishlar xolatida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Ilmiy izlanishlardagi yo‘nalish «lizatlarning» xar xil a’zolarga, qon yaratish a’zolariga va pereferik qonga ta’siri  o‘rganila boshlandi. Bu davrda I.T.Mordershteyin va kafedra xodimlari 10 ta ilmiy ish chop etib, shundan 8 tasi lizatlar ta’siri xaqida edi.

Keyingi 3 yilda (1938-1941) kafedra mudiri lavozimi bo‘sh qoldi. Shuning uchun patofiziologiya ma’ruza kursini patanatom T.N.Terexov, amaliyet darslarini esa boshqa soxa (patanatomiya,bioximiya)  assistentlari o‘tdilar.

1941 yildan kafedrani akademik A.E.Bogomoles va Ye.A.Tatarinov shogirdi meditsina fanlari doktori professor Mixail Nikiforovich Xanin boshqara boshladi. Ulug‘ Vatan urushining og‘ir yillari, o‘quv pedogogik jarayonini, tiklab, ka­fedrani kerakli asbob-uskuna bilan ta’minlash xamda ilmiy izlanishlar uchun sharoit yaratish, kafedrani rivojlantirish kerak edi. Mana shu yil­larda kafedrada Toshkent shaxriga ko‘chirib kelingan taniqli patofiziologlar ishlash­gan: professorlar A.M.Charniy va L.A.Cherkes, dots.ntlar L.B. Kroynich,  V.I.Sirnina, K.Ye. Zaridova, Ch.I.Burshteyn. Shu yillarda kafedraga birinchi aspirantlari bo‘l­gan Z.N.Karimov T.N.Mankuslar xam kelishgan.

Bu xatti xarakatlar keyingi yillarda o‘quv ishlarining ko‘payishi, ilmiy ishlarning kengayishi va aspirantura orqali kadrlar tayyorlanishi kafedra shtatining kengayishiga olib keldi.

Kafedra dots.ntlari:  A.Yu.Tillis,  Ch.I.Burnshteyin, Z.N.Karimov, T.G.Mankus, L.A.Alimova, X.Ya.Karimov, assistentlari: B.I.Kannel, Sh.I.Rasulev, K.A.Shafrina, L.P.Pankova, S.L.Sibizova, L.A.Alimova, G.S.Levin, S.M.Prigojina, Ye.N.Ostroumova, Yu.N.Leybzon, V.A.Akovbyan, A.A.Yuldashev, T.G.Sarkisova, M.X.Karimova, S.X.Xafizova, N.V.Olxovaya, Sh.Z.Azizov. Uzoq yillar kafedrada I.Z.Budins­kaya (1949-1963) katta laborant bo‘lib ishlagan.

1972 yilda professor M.N.Xanin professor-konsultantlik lavo­zimiga o‘tganligi sababli, kafedra mudiri qilib professor S.M.Leytes qo‘l ostidagi Moskva shifokorlar malakasini oshirish institutida dok­torlik dissertatsiyani yoqlagan, tibbiyot fan­lari doktori Nusrat Xamidovich Abdullayev tayinlandi. 1972-1973 yillarda kafedra assistentlik lavozimiga R.K.Azimov, R.I.Turabekovlar tayinlandi. Tadkikodchi-stajer va aspi­rantlikda M.K.Ergashev, B.S.Sultanboyeva, L.S.Abduraxmanova, D.S.Ko­simova, G.O.Egamberdiyeva ishlashdi.

1990 yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti ikkiga bo‘linib, Birinchi va Ikkinchi tibbiyot institutlari tashkil qilinishi munosabati bilan Ikkinchi ToshDavTIga rektor etib tayinlangan professor Karimov Xamid Yoqubovich yangi patofiziologiya kafedrasiga xam raxbarlik qila boshladi. Bu davrda kafedrada tajribali dots.ntlar M.M.Qodirova va M.K.Irgashevlar bilan bir qatorda yosh assistetlar B.U.Iriskulov, Z.N.Boboyeva, L.A.Kim, A.B.Saidovlar faoliyat yuritdilar.

Kafedrada uning butun tarixi davomida o‘quv ishlari bilan bir qatorda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar xam olib borilgan.

Kafedrada o‘lka patologiyasi masalalarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar diqqatga sazovordir. Ayniqsak,  «Jaylangar ensefalit»i bo‘yicha olib borilgan izlanishlar aloxida e’tiborga sazovordir. Jaylangar qishlog‘ida 1942 yilda aniqlangan bu kasallik o‘tkir kechishi, bosh va orqa miya oq moddasining yiringli demiyelinizatsiyalanishi bilan xarakterlangan.

Patofiziologiya kafedrasi, vaksina va zardob ITI xodimlari xamkorligida (N.I.Xodukin,M.N.Xanin,I.N.Sayakinova,V.I.Xodinskiy,

K.N.Dolinskaya,Yu.A.Blinovskiy,K.A.Sharropa) olib borilgan izlanishlar natijasida Jaylangar ensefalitining etiologik omili – trixodesma begona o‘ti urug‘i tarkibidan trixodesmin alkaloidi aniqlangan. Aynan shu alkaloid tajriba xayvonlarida Jaylangar ensefaliti uchun xos bo‘lgan bosh va orqa miyani shikastlashi isbotlandi.

Tajriba yo‘li bilan tasdiqlangan va o‘lka patologiyasida keng o‘rin tutgan kasallik etiologiyasini isbotlanishi, sog‘liqni saqlashda katta axamiyat kasb etdi.

Tajribada jigarning eksperimental sirrozini chaqiruvchi va uni to‘xtatuvchi omillarga katta axamiyat berildi. Kalamushlarning jigar sirrozida, xayvonni yoshi, ovkatlanish sharoiti, endokrin bezlar ta’si­ri (M.N.Xanin,Sh.I.Rasulov,L.A.Alimov) atroflicha o‘rganildi. Alkoloid geliotrop chakiruvchi gepatitning patogenezi tajribada katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki tajribada olingan modellar inson organizmida kechuvchi kasallikning aynan o‘zi bo‘lib chiqdi. Jigarning geli­otrop alkoloidi bilan shikastlanishi, xuddi virusli gepatitdagidek  qon plazmasi tarkibidagi oqsillar o‘zgarishi, gipoalbuminemiya va globulin fraksiyasi ortishi bilan kechishi aniqlandi. Kasallik kechishi uchun xos bo‘lgan bu o‘zgarishlar diag­nostikada va kasallik oqibatlarini o‘rganishda katta axamiyat kasb etdi (Ye.N.Ostroumova).

Keltirilgan asosiy patogenetik mexanizmlardan jigar sirrozi va bundan kelib chiquvchi portal gipertenziyada professor M.N.Xanin tomonidan original usul bilan operatsiya qilinib taloq arteriyasidan jigarga ar­teriya qoni porto-kaval anastomoz yordamida arterilizatsiya qilindi. Bu usulning samarasi itlarda Ekk fistulasi yordamida (M.N.Xa­nin,T.G.Mankus,B.S.Sadriddinov va boshkalar) tekshirildi. Bu usulni klinika sharoitida  qo‘llash (prof.M.D.Patsiora,V.A.Shus) katta amaliy samara berdi.

Iqlim fiziologiyasi muammolari kengaytirildi. Issiq iqlim sharoitida kamqonlik bilan og‘rigan bemorlarni issiq urishi muammolari at­roflicha o‘rganildi (A.Yu.Tilas).

Tajriba xayvonlar organizmida radiatsiyaning turli dozalar ta’siri o‘rganildi. Nurlanish kasalligining turli davrlarida qonning surtmasi, qon yaratilishi va modda almashinuvi jarayonla­ri o‘rganildi. Davolash maqsadida, kasallikni oldini olish uchun: nur­lanishdan oldin, nurlanish davrida va undan so‘ng gipotermiya ta’siri tekshirildi.

Ko‘p yillar davomida kafedrada ilon zaxrining patofiziologik va davolash ta’siri  o‘rganildi. Olingan natijalar dots.nt Z.K.Ka­rimovning doktorlik dissertatsiyasida umumlashtirildi.

1990 yildan shu kunlargacha patofiziologiya kafedrasida nixoyatda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Turli xastaliklarning tajribaviy modellari sharoitida issiq qonli jonzotlarning maxalliy qon aylanish tizimi, qon reologik xususiyatlari chuqur o‘rganilib, somatik xastaliklar uchun umumiy bo‘lgan tizimli o‘zgarishlar patogenezining asosiy qonuniyatlari ochildi (Shoraxmedov Sh.K., Saidov A.B., Asadullayev U.M., Sagatov T.A., Xodjayev N.K., Maxkamov X.A., Xasanova X.M., Saidova Yu.T., Babajanov E.T.). Issiq qonli jonzotlar organizmining turli xususiyatlari, xususan gipoksiga nisbatan rezistentligiga bog‘liq xoldagi somatik xastaliklar rivojlanishining xos xususiyatlari keng ko‘lamda o‘rganildi (Iriskulov B.U., Inoyatov F.Sh., Saidov S.A., Yuldashev N.M., Karimova M.X., Dadajonov Sh.N.).

2014-2017 yillarda Toshkent tibbiyot akdemiyasining patologiya kafedrasi patofiziologiya kursida akademiyaning barcha fakultetlari talabalari va qator mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinatura o‘tayotgan talabalar taxsil olib kelmoqda. 2017 yilda normal va patologik fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. Xozirgi kunda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Iriskulov B.U. mudirlik qilmoqda.

Kafedra tarixidan fotogalereya: