Toshkent davlat tibbiyot universiteti Normal va Patologik fiziologiya kafedrasida kelajak soati darslari bo’lib o’tdi. Dars davomida talabalarga Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi va boy tarixiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu mashg‘ulot yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.



