“Tajriba sharoitidagi immobilizatsion stressda me’da osti bezining funksional va strukturaviy o‘zgarishlari” mavzusida
Yusupova Iroda Axmadjanovnaning 14.00.16 – “Normal va patologik fiziologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Tajriba sharoitidagi immobilizatsion stressda me’da osti bezining funksional va strukturaviy o‘zgarishlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSs.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 16-aprel kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100109, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy. Toshkent davlat tibbiyot universiteti.


