
Yoshlar — jamiyatimiz kelajagining asosidir. Shuning uchun yoshlarning sog‘lom, bilimli va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishi juda muhimdir. Giyohvandlik bugungi kunda XXI asrning eng jiddiy muammolaridan biri hisoblanadi. U nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat va uning taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Giyohvandlikka qarshi kurashish va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish barchamizning muhim vazifamizdir.


